Messi xunuk xabar oldi
- 18-март 2025, 13:13
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Inter Mayami” klubi matbuot xizmati jamoaning asosiy yulduzi Lionel Messi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani va uning natijalarini e’lon qildi.
37 yoshli yulduz yaqinda MLS doirasida “Atlanta Yunayted” jamoasiga qarshi uchrashuvda shikastlangan edi. Messi 20-daqiqada gol urgan bahs floridaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
- Messi MRT tekshiruvidan o‘tdi. Bu amaliyot uning mushaklarini chuqurroq tekshirish maqsadida tashkil qilindi. Natijalar mushaklarda kichik jarohatlanishlar borligini tasdiqladi. Hozircha, Leoning oldindagi uchrashuvlarda qatnashishi aniq emas, - deyiladi klub bayonotida.
Ta’kidlash joizki Messi jarohati tufayli Argentina terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati saralash musobaqasi doirasida Urugvay va Braziliyaga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvlarida ham qatnashmaydi.