
Messi Xames Rodrigesga: "Sen ko‘p gapiryapsan..."
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yaqinda "Kopa Amerika–2024" finalida argentinaliklarning g‘alabasiga bildirilgan tanqid haqida Kolumbiya futbolchisi Xames Rodriges bilan suhbatlashdi. Suhbat JCh–2026 saralashining 16-turidagi Argentina – Kolumbiya (1:1) uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Ularning suhbatidagi so‘zlar video orqali aniqlashtirildi.
Rodriges: "Lekin nega? Men hech narsa demadim."
Messi: "Yo‘q, yo‘q. Sen finalda bizga yordam berishdi, deganding. Sen juda ko‘p gapiryapsan..."
Bu suhbat RMC Sport nashrida, TyC Sports’ga tayanilgan holda keltirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Lionel Messining ishorasi Xames Rodrigesning 2024 yil mart oyida bergan izohlariga qaratilgan. O‘shanda u Kolumbiya 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan Amerika Kubogi finali haqida shunday degan edi: "Hakam katta ta’sir ko‘rsatdi va bir yoki ikki penalti belgilamadi."
Fikrlar