
Messi PSJdagi maoshining bir qismini kriptovalyutada oladi
Argentinalik hujumchi Lionel Messining PSJdagi maoshining bir qismi kriptovalyutada to‘lanadi, deb xabar bermoqda The Telegraph, bitim tafsilotlari bilan tanish manbaga tayanib.
Manbaga ko‘ra, bu qism ancha katta bo‘ladi, lekin aniq raqamlar noma’lum.
Qayd etilishicha, parijlik muxlislar klub tomonidan o‘tkaziladigan so‘rovnomalarda ishtirok etib, maxsus fan-tokenlarni olishlari mumkin. Ushbu tokenlar birjada sotilishi yoki eksklyuziv mukofotlarga almashtirilishi mumkin. Hozirda PSJ tokenining narxi 41 dollar.
Avvalroq, Messi ikki yildan so‘ng Parijda 120 million evroga yaqin pul olishi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar