Messi: "Parijda futbol o‘ynab zavqlanmadim"
"Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi, bungacha "Parij Sen-Jermen"da to‘p surgan Lionel Messi Parij klubidagi faoliyati haqida gapirdi.
"Mening Parijdagi davrim dahshatli tushdek tuyulishi mumkin, lekin unday emas. Bu vaqt yoqimli bo‘lmadi deganimda, men o‘zim qilgan ishlardan, o‘zim yoqtirgan narsalardan - futbol o‘ynashdan, ish kunlaridan, mashg‘ulotlardan, o‘yinlardan zavqlanmaganimni nazarda tutaman, chunki men shunchaki o‘zimni yomon his qilardim.
Lekin, to‘g‘risini aytsam, oilamiz uchun bu ajoyib tajriba bo‘ldi. Shahar ajoyib, bizga juda yoqdi. Biz Barselonadan birinchi marta jo‘nab ketdik va hamma narsa biz uchun yangilik edi, bu esa hayotni juda murakkablashtirdi. Ammo aslida men har kuni qilishni yaxshi ko‘rgan narsamdan qoniqmasdim.
Mayamida esa, ha, bizda hammasi yaxshi, biz shaharda, kundalik hayotimizda rohatlanamiz. Yuqorida aytganimdek, mening hayotim Kasteldefelsdagi hayotimga juda o‘xshaydi: klub yaqin, bolalar maktabi ham, hamma narsa bir qadam masofada, qulay. Biz go‘zal shahardan uzoqda yashaymiz, ammo undagi transport harakati dahshatli", - deya Messining so‘zlarini keltiradi Sport.es.



Fikrlar