
Messi MLSning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
- 6-декабр 2024, 21:02
- Karim Xudayqulov
- 1
- Futbol
Lionel Messi MLSda mavsumning eng qimmat futbolchisi, deb topildi.
Hujumchi jarohati va Amerika Kubogidagi ishtiroki tufayli bir qator o‘yinlarni o‘tkazib yuborganiga qaramay, gol+pas tizimida 21+11 ochko jamg‘arib, chempionat peshqadamiga aylandi.
Bundan tashqari, argentinalik futbolchi bir bellashuvda o‘rtacha 2.18 marta zarba berdi. Bu MLS rekordi hisoblanadi. Shuningdek, u 15 uchrashuvda gol urgan yoki golli uzatma bergan, 11 ta bahsda esa bittadan gol urgan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q