Messi "g‘alaba tumori"mi?!

  • 16 avgust, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi to‘p surayotgan “Inter Mayami” o‘zining g‘alabali seriyasini uzaytirdi.

Tecno

MLS Liga kubogi yarim finali doirasida bo‘lib o‘tgan “Filadelfiya Yunion”ga qarshi bahsda "Inter Mayami" 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu kuni 36 yoshli argentinalik hujumchi ham raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.

Ta’kidlash kerakki, Messi “Inter Mayami” safida iyul oyida debyut qilgandi. U o‘tgan davr mobaynida “Kruz Asul” (2:1), “Atlanta” (4:0), “Orlando Siti” (3:1), “Dallas” (4:4, penaltilar bo‘yicha - 5:3), “Sharlott” (4:0) va “Filadelfiya” (4:1) jamoalariga qarshi o‘yinlarda gol urishga erishdi.

E’tiborlisi, “Mayami” argentinalik yulduz ishtirok etgan barcha 6 ta o‘yinda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Florida jamoasi Messi maydonga tushgan o‘yinlarda jam 21 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!