Messi endi zo‘r futbolchilar qatoriga kirmaydi

  • 26 oktabr, 2020, 11:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” La Liganing 7-turida o‘z maydonida “Real”ga imkoniyatni boy berganidan keyin kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi eng yaxshi futbolchilar yuzligini tark etdi.

Tecno

Evropaning eng yaxshi 100 nafar futbolchisi aniqlanadigan reyting  WhoScored portali tomonidan o‘yinchilarning har bir uchrashuv uchun olgan ballari asosida shakllantiriladi.

Ayni paytda argentinalik hujumchining hisobida 7,35 ball bor va bu ko‘rsatkich bilan Messi 101-pog‘onaga tushib qoldi.

Evropaning eng kuchli futbolchilar ro‘yxatini 8,80 ball jamg‘argan PSJ hujumchisi Kilian Mbappe egallab turibdi. Kuchli uchlikdan beshta uchrashuvda 10 ta gol urgan Robert Levandovski (8.77 ball) va “Tottenxem” g‘alabalariga munosib hissa qo‘shayotgan Harri Keyn (8,65) bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!