
“Mersedes” Maksning javobini kutyapti
Bir qancha nemis manbalari, jumladan Bild va RTL nashrlari “Mersedes” haydovchilar tarkibi borasida yakuniy qarorga kelgani va Andrea Kimi Antonelli 2025 yilda Jorj Rassellning jamoadoshiga aylanishi haqida xabar berdi.
Biroq, Motosport-Total ma’lumotlariga ko‘ra, "Mersedes" rahbari Toto Volff iste’dodli o‘smirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Formula 1"ning asosiy jamoasiga o‘tkazish borasida hali qaror qabul qilmagan.
Qayd etilishicha, Volff qaror qabul qilishni kechiktirishini sababi, u hali ham “Red Bull”dan Maks Verstappenni jamoaga kelishiga umid qilmoqda. Garchi Versteppenning o‘zi ham 2028 yilgacha “Red Bull”da qolishini ta’kidlasa ham.
Biroq, ayni damda, nashrning bir nechta manbalariga ko‘ra, vaziyat shunday: “Mersedes” Maksga yiliga 120 millionlik taklif bilan chiqqan va hozircha niderlandiyalikdan hech qanday rad javobi bo‘lmagan. Taxminlarga ko‘ra, Toto amaldagi chempiondan aniq javob olmaguncha jarayonni cho‘zadi.
Fikrlar