
Merab Dvalishvili UFC ning super yulduzi bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqchi
61 kg da UFC chempioni Merab Dvalishvili irlandiyalik yulduz Konor Makgregor bilan birga tayyorgarlik ko‘rishni istamoqda.
“Kuzatishim bo‘yicha, Makgregor haqiqatan ham faoliyatini tiklashga motivatsiya topgan. Xitoyda bo‘lganimda, Konorning do‘stlari bilan uchrashdim. Ular Makgregorga qo‘ng‘iroq qilishdi va telefonni menga uzatishdi. Konor: "Birga mashq qilsak bo‘ladimi?" deb so‘radi. Men esa: "Albatta, xohlayman", dedim. Hozirda menga jang tayinlangan, shu sabab lagerimni tark etmayman. Kori Sendxagen bilan to‘qnashuvdan so‘ng, yil yakuniga qadar yana bir jang o‘tkazishni istardim. Keyin esa Konor bilan mashg‘ulot zaliga borishim mumkin. Umid qilaman, hammasi yaxshi bo‘ladi. Men irland uchun xursandman va uni UFC ning Oq uydagi turnirida ko‘rishdan umidvorman”, — dedi Dvalishvili "Sportskeeda" nashriga.
Ma’lumot uchun, Konor "UFC 264" turnirida Dastin Poredan 1-raundda texnik nokautga uchraganidan buyon, oktagonda ko‘rinish bermadi.
Fikrlar