Merab Dvalishvili bu yil nechta jang o‘tkazishini aytdi
- 11-апрел, 22:37
- Javohir Malikov
- 0
- MMA
UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili burni singani haqidagi xabarlar fonida o‘z rejalari bilan bo‘lishdi.
“Bu yil ikkita jang o‘tkazmoqchiman — yozda Pyotr Yanga qarshi trilogiya va yana bitta bahs. Lekin nima bo‘lishini kim ham bilardi?! Men faol bo‘lishni va sevgan ishimni davom ettirishni xohlayman. Chempion bo‘lish yoki bo‘lmasligim muhim emas, men shunchaki janglardan zavqlanishni istayman. G‘alaba qozonish yoki yutqazishimdan qat’i nazar, qo‘limdan kelganicha harakat qilaman va oldinga intilaman”, — deya gruziyalikning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili oxirgi jangini "UFC 323" turnirida o‘tkazib, Pyotr Yandan hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragan edi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q