
Menga “Chelsi”ni beringlar!
“Chelsi” tarixidagi eng zo‘r futbolchilardan biri Jon Terri sobiq jamoasiga bosh murabbiylik qilish orzusi bilan yashamoqda.
Terri 2021 yili “Aston Villa”da yordamchi murabbiy vazifasini tark etganidan beri katta futbolga qaytishni ko‘zlayapti. Jon bir necha marotaba bosh murabbiylik qilishga urinib ko‘rdi. Biroq harakatlari samara bergani yo‘q.
Hozir “Chelsi”ning sobiq sardori klub akademiyasida ishlab yuribdi.
- “Aston Villa”ni tark etishimga shaxsiy va oilaviy omillar sabab bo‘lgandi. Lekin u erda mazza qilib ishladim.
Men murabbiylik ishini yaxshi ko‘raman. Uch yil yordamchi bo‘lib ishlaganidan keyin jamoani boshqarishga ham tayyor edim. Bu masala bo‘yicha bir-ikki marotaba suhbatlarga bordim. Har gal javob bir xil bo‘ldi: “Sening bosh murabbiy sifatida tajribang yo‘q!”.
Xo‘p, bun gapga qo‘shilaman, lekin ish boshlamay turib, o‘sha tajribani qanday to‘playman? Men tajribaga ega bo‘lishni, ishlashni istayman, lekin buning uchun menga imkon berilgani yo‘q.
Hali hamon maqsadim aniq – bir kun kelib, “Chelsi”ni bosh murabbiy sifatida boshqarishni istayman, - dedi Jon Terri.
Fikrlar