
“Men uni juda yaxshi ko‘raman”
“Barselona”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik shogirdlaridan biri haqida iliq fikrlarni aytib o‘tdi.
Bosh murabbiy “Selta” ustidan erishilgan 4:3 hisobidagi dramatik g‘alabadan so‘ng uchrashuv qahramoni Rafinyani maqtab qo‘ydi.
Kataloniyaliklar bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 1:3 hisobida ortda borayotgan chog‘ida iroda ko‘rsatib, hisobni 4:3 ko‘rinishiga keltirdi va qimmatli 3 ochkoni ilib ketdi.
28 yoshli Rafinya o‘yinda oxirgi ikkita gol urdi va ungacha bitta asistni o‘z hisobiga yozdirib uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisiga beriladigan sovrinni qabul qilib oldi.
“Bunday o‘yinlarda g‘alaba qozonish – bu alohida zavq. Qiyinchiliklarga duch kelishimiz ajablanarli emas, sababi ular kuchli jamoa, zo‘r murabbiyi bor.
Rafinya juda muhim futbolchi. Men uni, qolganlar singari, juda yaxshi ko‘raman. U haqiqiy etakchi. Har doim ijobiy fikrlaydi va shu ruhni jamoadoshlariga ham singdira oladi”, - dedi Flik.
Fikrlar