Men Mourino bilan gaplashdim!

  • 11 iyul, 2022, 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Arsenal” futbolchisi Lukas Torreyra yangi mavsum oldidan “Roma”ga o‘tish imkoniyati borligini ma’lum qildi.

Urugvaylik yarim himoyachi o‘tgan mavsumni ijara asosida “Fiorentina”da o‘tkazdi. Yangi mavsumda Torreyraning “Arsenal”dagi joyi kafolatlanmagan. Bu o‘yinchi boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkin.

Torreyraning o‘zi “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoni bilan suhbatlashganini oshkor qildi.

- Joze Mourino bilan gaplashdim. U meni hayratga solgan murabbiylardan biri. “Roma”ning qiziqishi menga yoqyapti. Lekin ular safiga qo‘shilish juda qiyin masala, - dedi Lukas Torreyra.

26 yoshli yarim himoyachining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!