
Men ham, Ronaldu ham faqat pul uchun o‘ynayapmiz!
Hozir Saudiya Arabistonida “Al-Hilol” jamoasi sharafini himoya qilayotgan “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Odion Igalo bu ligaga kelayotgan futbolchilarning aniq maqsadi nima ekanini ochiq aytdi.
- Men bu holat uch yildan ortiq davom etmasligini bilaman. Butun umrim davomida futbolga bo‘lgan ishtiyoq tufayli to‘p tepdim. Endi pul ilinjida o‘ynayapman.
Men bu erga futbol ishtiyoqi ortidan keldim, deydigan yigitlar emasman. Birodar, hammasi pul uchun bo‘lyapti.
Nima, Ronaldu bu erga faqat futbol uchun keldimi? Krishtianu men butun umrim bo‘yi topganimdan 100 baravar ko‘p ishlab topgan va shunga qaramay, Saudiya Arabistoniga keldi.
Ronaldu buni ishtiyoq tufayli qildimi? Yo‘q, pul uchun keldi, - dedi Odion Igalo.
Fikrlar