
Mbappega tanqid toshlari kelishda davom etmoqda
Afsonaviy frantsuz futbolchisi Terri Anri Kilian Mbappening PSJdagi rolidan norozi bo‘lganligi haqida aytgan gaplariga munosabat bildirdi.
“Men o‘zimdan misol keltiraman. "Barselona"da murabbiylardan ko‘proq o‘ynashni so‘rash menga sira yoqmasdi. Men buni yomon ko‘rardim, lekin jamoa uchun shunday harakat qilishim kerak ediki, hech qanday imkon qoldirmasligim kerak edi. Bitta qoida bor: murabbiy sizdan biror narsa qilishni so‘rasa va bu jamoa uchun foydali bo‘lsa, buni qilish kerak. Aks holda janjallashib qolasiz”, - dedi jahon va Evropa chempioni.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Mbappe qishda PSJni tark etishni istayotgani haqida juda ko‘p mish-mishlar tarqalmoqda.
Fikrlar