
Mbappedan tilini tiyishni talab qilayotgan “Real” uning transferiga dahshatli summa tikmoqchi
“Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni olish uchun o‘ziga xos strategiya ishlab chiqdi.
Manbalarning xabar berishicha, madridliklar 22 yoshli hujumchini yozgi transferlar yakunlangunga qadar qo‘lga kiritishiga shubha qilmayapti. “Qirollik klubi” mutasaddilari hal qiluvchi urinishni transfer oynasining oxirgi ikki kunida amalga oshirmoqchi.
Mbappe transferi bo‘yicha ish olib borayotgan “Real” vakillari Kilian Mbappedan ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali kelajagiga oid fikrlarini bildirmaslikni talab qilmoqda. Ularning fikricha, Kilianning gap-so‘zlari PSJ rahbariyatiga yoqmasligi va transferga to‘siq bo‘lishi mumkin ekan.
PSJ terma jamoalar o‘yinlari uchun beriladigan tanaffusdan oldin oxirgi uchrashuvini 29 avgust kuni o‘tkazadi. “Real” parijliklar ularni muhim pallada bosim o‘tkazganlikda ayblamaslik uchun Mbappe bo‘yicha rasmiy taklifni ana shu o‘yindan keyin transfer oynasining oxirgi ikki kunida yubormoqchi.
Florentino Peres Martin Edegorni sotib yuborganidan keyin Mbappe uchun 130 milliondan 170 milliongacha xarajat qilishga tayyor ekani aytilmoqda.
Fikrlar