
Mbappeda ruhiy muammolar bor
Frantsiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappening yaqinlari bosh murabbiy Dide Deshamning futbolchini terma jamoaga chaqirilmagani haqida aytgan so‘zlarini rad etdi. Desham Kilianni faqat sport sabablarga ko‘ra Millatlar ligasining bo‘lajak o‘yinlariga jalb etmagani haqida gapirgan edi.
“Siz buni xohlaganingizcha atashingiz mumkin, ammo Kilian bir necha oydan beri psixologik muammolarga duch kelmoqda. Ular shunchaki paydo bo‘lmaydi. Bu vaqt va mutaxassislar bilan ishlashni talab etadi.
Bu [Deshamning so‘zlari] noto‘g‘ri talqin. Hammasi ancha murakkab. Odamlarga majburan bu qaror murabbiyning irodasi deb singdirishmoqda. Eng muhimi, Kilian futbol o‘ynab yana baxtli bo‘lishi mumkin", - deya Mbappe atrofidagi insonning so‘zlarini keltiradi L'Équipe
Avvalroq OAVda Mbappe qizni zo‘rlashga aloqadorlikda ayblangani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi va natijada Mbappe Stokgolmga shov-shuvli safaridan so‘ng psixologik qiyinchiliklarni kechirayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, futbolchi "qirollik klubi"dagi faoliyatini qiyin boshlaganidan xavotirda ekani ham xabar qilingandi.
Fikrlar