Mbappe jarohat oldi: "Real" tashxisni e'lon qildi
- 25-апрел, 16:45
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe "Betis"ga qarshi La Liganing 32-tur uchrashuvida jarohat oldi.
Fransiyalik yulduz bellashuvning so‘nggi daqiqalarida maydonni tark etgan edi. "Qirollik klubi" ma'lumotiga ko‘ra, 27 yoshli forvardning chap son orqa qismi mushaklarida zo‘riqish aniqlandi.
Mbappe joriy mavsumda "qaymoqranglilar" safida 41 uchrashuvda ishtirok etib, 41 gol va 6 assist muallifi bo‘ldi.
Uning jarohati qanchalik jiddiy ekani va tiklanish muddati bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar keyinroq e'lon qilinishi kutilmoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q