Mbappe haddidan oshdi, "Real" uni sotib olmaydi,

  • 22 aprel, 2022, 16:52
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappe yozda klubni tark etmoqchi.

Tecno

Uning "Real"ga o‘tishi kutilayotgandi. Biroq xabarlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Jurnalist Gilem Balage frantsiyalik futbolchi "qirollik klubi"dan shartnomada ko‘rsatilganidan 100 million ko‘proq pul so‘rayotganini ma’lum qildi.

"Qaymoqranglilar" uning so‘roviga rad javobini bergan. Bu holat PSJning 23 yoshli iste’dod sohibi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish imkoniyatini oshiradi. Bir necha kun oldin muzokaralarga shaxsan Qatar amiri aralashishi mumkinligi xabar qilingandi.

Kilian 2017 yildan beri parijliklar sharafini himoya qilib keladi. Uning transferi 160 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
22/04/2022 20:41
Kerak mas kerak mas