Mbappe bu ishni birinchi marta uddaladi

  • 27 noyabr, 07:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chepionlar ligasi umumiy guruh bosqichining beshinchi turida “Real” futbolchilari Gretsiyada “Olimpiakos” jamoasi bilan kuch sinashib, gollarga boy bo‘lgan bahsda 4:3 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Madridliklarning g‘alabasini ta’minlagan barcha gollar bir futbolchi – Kilian Mbappe hisobiga yozildi.

Kilian Mbappe bu bahsdagi to‘rtta goli bilan Evropa Chempionlar ligasida ilk bor poker qayd etdi.

Umumiy hisobda esa, 26 yoshli hujumchi faoliyati davomida to‘rt marotaba to‘rtta va undan ko‘p to‘p kiritgan.

Frantsiyalik forvard 2023 yili “Pari Sen jermen” tarkibida Frantsiya kubogida “Pei-de-Kassel” jamoasi darvozasini besh marta ishg‘ol qilgan. 2021 yili Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionati saralash turniri doirasida Qozog‘iston terma jamoasiga to‘rtta gol urgan.

Mbappe birinchi pokerini 2018 yili Parij superklubida o‘ynayotgan davrda mamlakat chempionati doirasida “Lion” darvozaga to‘rtta to‘p kiritib nishonlagan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!