
Maxrez yoki Kante? Siz kimga ovoz berasiz?
- 6-май 2021, 11:52
- Baxtiyorjon Toshtemirov
- 1
- Futbol
Joriy hafta UEFA Chempionlar ligasida yarim final javob bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tashkilot rasmiy saytida hafta futbolchisi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu nom uchun "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi - Riyod Maxrez va Ruben Diash hamda "Chelsi"ning ikki futbolchisi Ngolo Kante va Kay Xaverts kurash olib bormoqda.
Maxrez PSJga (2:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etgan bo‘lsa, Diash huddi shu o‘yinda 2 ta golga assistentlik qildi va 92 foiz aniq uzatmalarga amalga oshirdi, Kante "Real"ga (2:0) qarshi bahsda 88 foiz aniq uzatmalarni amalga oshirdi va 2 ta golli vaziyat yaratdi, Xaverts esa “qirollik klubi” darvozasi tomon 1 ta aniq zarba yo‘lladi.
Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q