
Maxachev navbatdagi chempionlik himoyasini o‘tkazishini rasman tasdiqladi
- 9-август 2024, 13:46
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- MMA
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev yil oxirida navbatdagi chempionlik himoyasini o‘tkazmoqchiligini tasdiqladi.
"Yil oxirigacha oktagonga chiqish rejalarim bormi? Ha, umid qilamanki, bu yil chempionlik kamarimni yana bir bor himoya qilaman", - deya Maxachevning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Ma’lumot uchun, Maxachev(26-1)ning navbatdagi raqibi Arman Tsarukyan(22-3) bo‘lishi kutilmoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q