Matich: "Sen MYu tarixidagi eng yomon darvozabonsan"

  • 9 aprel, 20:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Matich Onanani “Manchester Yunayted” tarixidagi eng yomon darvozabonlardan biri deb atadi.

Tecno

Avvalroq kamerunlik darvozabon “Manchester Yunayted” “Lion”dan ancha kuchliroq ekanini aytgandi. Ushbu jamoalar Evropa Ligasi chorak finalida o‘zaro to‘qnash kelishadi.

“Agar sen "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yomon darvozabonlardan biri bo‘lsang, nima deyayotganing haqida o‘ylashing kerak.

Agar bu gapni David De Xea, Peter Shmeyxel yoki Edvin van der Sar aytganida edi, men o‘zimdan shubhalanardim. Ammo sen statistik jihatdan zamonaviy "Yunayted" tarixidagi eng yomon darvozabonlardan biri bo‘lsang, unda avval biror narsani isbotlab, keyin gapirishga haqlisan”, — dedi avval “Manchester Yunayted”da o‘ynagan va hozir “Lion” safida to‘p surayotgan yarim himoyachi Nemanya Matich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!