Mashhur futbolchi oʻziga jamoa sotib olyapti
- 16-апрел, 16:32
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Chelsi” tarixida porlagan afsonaviy futbolchilardan Jon Terri oʻziga “Kolchester” klubini sotib olishga kirishdi.
Futbolchilik faoliyatini tugatgandan keyin Terri murabbiylikni sinab koʻrdi, ammo mustaqil ish tajribasi yoʻqligi va irqchilik bilan bogʻliq mojaro uning imkoniyatlarini chekladi.
The Sun nashri maʼlumotiga koʻra, 45 yoshli Terri endi futbol klubining egasi boʻlishga qaror qildi.
U Rayan Reynolds, Snup Dogg va Uill Ferrell kabi mashhurlar yoʻlidan bormoqda. Ular mos ravishda “Reksem”, “Suonsi” va “Lids” klublarida ulushga ega.
Terri “Kolchester”ni yakka holda emas, balki konsorsium aʼzosi sifatida sotib olishga kirishgan. Bitim qiymati 14 million funt sterlingni tashkil qiladi.
Jon Terri savdo amalga oshganidan keyin klub boshqaruvida katta taʼsirga ega boʻladi.
Qoʻshimcha qilib oʻtish kerak, hozirda “Kolchester” Chempionshipda 13- oʻrinda bormoqda va 10 100 tomoshabinga moʻljallangan stadionda oʻynaydi.