Marseloni tajovuzkor futbolchiga aylantirgan murabbiy kim?

  • 24 fevral, 2023, 19:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" sobiq himoyachisi Marselo "qirollik klubi"da ishlashga muvaffaq bo‘lgan eng yaxshi murabbiylar haqida gapirdi.

Tecno

- Eng yaxshi murabbiy kim?

"Mourinyu bilan suhbat menga juda yoqadi. U menga yanada tajovuzkor bo‘lib, har bir to‘p uchun kurashishimga yordam berdi. Zidan butun jamoani kuboklar bilan xursand qildi. Anchelottining yoqqan jihati shundaki, u hamma narsada xotirjam edi", - dedi Marselo "Diario AS" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyu 2010 yildan 2013 yilgacha "Real"ni boshqargan. Ayni damda portugaliyalik mutaxassis "Roma"da ishlamoqda va u erda ikkinchi mavsumni o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!