
Marselo "Real"dan ketmoqchi. Chunki...
"Real"ga Karlo Anchelotti qaytganidan so‘ng, jamoa chap qanot himoyachisi Marseloning shashti pasayib ketdi.
El Nacional xabariga ko‘ra, 33 yoshli braziliyalik futbolchi "qirollik klubi" bilan shartnomani yanvar oyida bekor qilishga va "Fluminense"ga qaytishga tayyor.
“Real” prezidenti Florentino Peres Marseloning ketishiga qarshi emas, ammo yakuniy qarorni murabbiylar shtabi hal qiladi.
Marselo joriy mavsum "Real" safida 2 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida tugaydi.
Fikrlar