
Marselo afsonalar bilan teng ko‘rsatkichga ega
”Real” Madrid himoyachisi va ayni paytdagi sardori Marselo kechagi Superkubok g‘olibligidan so‘ng ajoyib natija qayd etdi.
Gap shundaki, brazil kubokni qo‘lga kiritgach, ”qaymoqranglilar” bilan eng ko‘p sovrin yutgan Fransisko Xentoga tenglashib oldi.
“Real“ning ikki afsonasi hisobida 23 tadan sovrin mavjud. Lekin Marseloda mutlaq etakchi bo‘lib olish uchun hali imkon bor.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha Marselo "qirollik klubi" bilan 4 ta ChL, 3 ta UEFA Superkubogi, 4 ta Klublar o‘rtasidagi JCh, 5 ta La Liga, 2 ta Qirol kubogi, 5 ta Ispaniya Superkubogi kabi sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar