
“Marsel”ni qabul qilib olgan Gattuzo futbolchilarni uryapti
Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan “Marsel” rahbariyati bosh murabbiylikka Jennaro Gattuzoni olib kelgan edi.
L'Équipe nashrining yozishicha, italiyalik mutaxassis jamoani yaxshi o‘ynatish uchun o‘zgacha usullardan foydalanmoqda.
Manbaga ko‘ra, Gattuzo mashg‘ulotlar chog‘ida shogirdlarini uryapti. Biroq bu tajovuz yoki jahldan emas. Mutaxassis o‘yinchilarning mashg‘ulotarda yaxshi natija ko‘rsatgani bilan tabriklash maqsadida ularga qo‘l ko‘tarayotgan ekan.
“Marsel” futbolchilariga ham Gattuzo qo‘llayotgan usul ma’qul kelayotgani aytilmoqda.
Ta’kidlash joiz, Jennaro Gattuzo futbolchilik davrida ham raqiblariga nisbatan ko‘pincha shiddatli harakatlari bilan ajralib turar va hakamlarga e’tiroz qilar edi.
Fikrlar