Markos Alonso: "Ketishim uchun sabab yo‘q"

  • 11 fevral, 2022, 21:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" futbolchisi Markos Alonso klubdagi kelajagi borasida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, himoyachi jamoada qolib, shu erda faoliyatini davom ettirmoqchi.

Tecno

"Nega ketishim kerak?! Bu uchun etarli sabab ko‘rmayapman.

Tan olaman, ko‘plab klublardan taklif olganman. Biroq hech qachon "Chelsi"dan ketish niyatim bo‘lmagan. 

Shartnomaga ko‘ra, yana bir yarim yil jamoada o‘ynashim mumkin. Shunday ekan, hozir navbatdagi bahsdan boshqa biror narsani o‘ylayotganim yo‘q", - dedi ispaniyalik futbolchi.

Ma’lumot o‘rnida, Markos Alonso ushbu mavsum APLning 18 uchrashuvida 1 gol va 2 golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!