Marjona Saydullaeva Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi
- 16-апрел 2025, 11:31
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- O'zbek sporti
Yosh engil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshlashdi.
Saudiya Arabistonining Damman shahrida engil atletika bo‘yicha U18 yosh toifasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qo‘lga kiritishdi.
Bronza medal:
Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)
Marjona Saydullaeva (1500 metr)
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q