Marina xonim katta maoshli etti futbolchiga ish topib berishi kerak

  • 13 iyul, 2021, 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” direktori Marina Granovskaya yozgi transferlarv vaqtida katta maosh olayotgan etti nafar futbolchiga boshqa jamoa topib berishi kerak.

Tecno

Tomas Tuxel yangi mavsumga jamoani tayyorlash jarayonida o‘ziga kerak bo‘lmagan etti futbolchining nomini oshkor qildi. Endi klub rahbariyati ulardan tezroq qutilishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, klubning transfer siyosatini yuritayotgan Marina Granovskaya bosh murabbiy ishonch bildirmayotgan Markos Alonso, Emerson Palmieri, Denni Drinkuoter, Davide Dzappakosta, Temue Bakayoko, Mishi Batshuayi va Olive Jiruni boshqa jamoalarga o‘tkazib yuborishi talab etilmoqda.

Bu futbolchilar transferidan keyin, navbat asosiy tarkibga kira olmayotgan  Ross Barkli, Robert Kenedi va Ruben Loftus-Chik kabi o‘yinchilarga keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!