
Marin Chilich g‘alaba uchun ancha ter to‘kdi
Frantsiyaning Marsel shahrida o‘tayotgan "Open 13" musobaqasida xorvatiyalik tennischi Marin Chilich ikkinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Marin turnirning birinchi bosqichida belaruslik Iliya Ivashkuni 3:6, 7:6, 6:4 hisobida mag‘lub etishni uddasidan chiqdi.
Endi Chilich chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda kanadalik Denis Shapovalov bilan o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar