
“Manchester Yunayted”ni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
“Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Vest Xem”dan mag‘lubiyatga uchragan edi.
Bu mag‘lubiyat ortidan klub rahbariyati niderlandiyalik bosh murabbiy Erik ten Xagni ishdan bo‘shatdi.
Erik ten Xag jamoani 2022 yilning yozida qabul qilib olgandi. Bir necha oy klub kutilmaganda niderlandiyalik mutaxassis bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha uzaytirgandi.
Endi jamoani vaqtincha niderlandiyalik bosh mutaxassis Ruud van Nistelroy boshqarib turadi. Ruud futbolchi sifatida yulduzli davrlarini aynan “Manchaster Yunayted”da o‘tkazgan.
Bir necha oy muqaddam klub rahbariyati uni Erik ten Xagga yordam berish uchun olib kelgandi. Keyinchalik futbolchilar jamoani aynan van Nistelroy boshqarishini istayotgani haqida xabarlar ko‘paygan edi.
Fikrlar