“Manchester Yunayted”ga zo‘r to‘purarni berishmadi

  • 2 iyul, 2023, 20:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” anchadan beri ko‘p gol ura oladigan markaziy hujumchi qidirmoqda. Hozircha, manchesterliklar o‘zlari ko‘zlagan birorta forvardni qo‘lga kirita olgani yo‘q.

Tecno

Erik ten Xag o‘z hujumchilar ro‘yxatiga “Atalanta” vakli Rasmus Xyoylunni qo‘shgan edi. Klub rahbariyati daniyalik to‘purarni so‘rab, Italiya klubiga 35 million evro taklif qildi.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, “Atalanta” rahbariyati bu taklifga ko‘nmagan. Ular 20 yoshli o‘yinchini 45 million evroga baholamoqda.

Xyoylunn kuchli beshlik chempionatlaridagi debyut mavsumida o‘zini ko‘rsata oldi. Iste’dodli hujumchi barcha turnirlarja 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘nta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!