“Manchester Yunayted” zo‘r hujumchi topdi

  • 6 iyun, 2023, 18:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati anchadan beri hujumchi qidirmoqda. Talksport nashrining xabar berishicha, manchesterliklar “Atalanta” forvardi Rasmus Xyoylunni nishonga oldi.

Tecno

Daniyalik 20 yoshli futbolchi kuchli beshlik chempionatlarida debyut mavsumini o‘tkazdi. A Seriyaga kelgunga qadar, iqtidorli hujumchi Daniya va Avstriya ligalarida mahorat oshirgan.

“Atalanta” safida Xyoylunn A Seriyada 32 ta uchrashuvda 9 ta gol va to‘rtta assist qayd etdi. Shuningdek, Italiya kubogida ikkita bahsda bitta gol urdi.

Bu hujumchiga Evropaning bir necha klublari da’vogarlik qilmoqda. Lekin ular orasida “Manchester Yunayted”ning imkoniyati yuqori baholanyapti. “Atalanta” o‘z hujumchisini 45 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!