
“Manchester Yunayted” xo‘jayini Pochettino bo‘yicha bir qarorga keldi
“Chelsi” rahbariyati kutilmaganda Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarganidan keyin argentinalik mutaxassisga ish taklif qiladigan jamoalar safi oshib bormoqda.
“Manchester Yunayted” ham tajribali murabbiyga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqala boshladi.
The Sun nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” xo‘jayinlaridan Jim Retkliff bosh murabbiy masalasida bir to‘xtamga kelib bo‘ldi. Angliyalik milliarder kelasi mavsum oldidan Pochettino bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyor.
INEOS kompaniyasi rahbari topshirig‘iga binoan mutasaddilar tez orada Pochettino bilan muzokara boshlashga hozirlik ko‘ryapti.
“Manchester Yunayted” 25 may kuni Angliya kubogi finalida “Manchester Siti” bilan to‘qnash kelishi lozim. Jamoa g‘alaba qozongan taqdirda ham klub rahbariyati Erik ten Xag bilan xayrlashishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.
Fikrlar