
“Manchester Yunayted” qimmatbaho yulduzini yarim narxga sotadigan bo‘ldi
“Manchester Yunayted” hujumkor futbolchisi Jeydon Sancho bosh murabbiy Erik ten Xag bilan yarashib olganiga qaramay, klub rahbariyati yaxshi taklif bo‘lsa, 24 yoshli o‘yinchini sotib yuborishga qaror qildi.
Manchesterliklar 2021 yilning yozida iste’dodli futbolchini katta qiyinchilik bilan “Borussiya Dortmund”dan 85 million evroga transfer qilgan edi. Biroq Sancho Angliya Premer-ligasida Bundesliga ko‘rsatgan sermahsul o‘yinini namoyish qila olmadi.
Qoalversa, o‘tgan yili Jeydon bosh murabbiy bilan kelisha olmay qolgani uchun sobiq jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Sancho dortmundliklar safida yana avvalgidek zo‘r o‘ynagani ortidan futbolchi Manchesterga qaytarildi va niderlandiyalik mutaxassis bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oldi.
Endi manchesterliklar o‘yinchi uchun 40 million evro tikadigan jamoa taklifini qabul qilishga tayyor ekanini bildirmoqda. So‘nggi ma’lumotlarda Sanchoga PSJ jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida yozilyapti.
Fikrlar