“Manchester Siti”ning zo‘r futbolchisi ketishga tayyor
- 28-март, 16:01
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden Angliyadan tashqarida karerasini davom ettirish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Football Insider nashriga ko‘ra, ingliz futbolchisi so‘nggi vaqtlarda o‘yin amaliyoti kamligidan norozi, shuningdek klub bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hozircha kelishuvga olib kelmagan.
Shu fonda Foden yaqin oylarda tomonlar vaziyatni hal qila olmasa, muhitni o‘zgartirishga tayyor.
Shu bilan birga, o‘yinchi ham, “Manchester Siti” rahbariyati ham hamkorlikni davom ettirishdan hali ham manfaatdor.
Biroq ajralish holatida klub o‘z tarbiyalanuvchilaridan birini Angliya Premier-ligasidan tashqariga sotishni afzal ko‘radi.
“Shaharliklar” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Foden 2017 yildan beri “Manchester Siti” asosiy jamoasida o‘ynab kelmoqda va shu vaqt ichida klubning eng ko‘zga ko‘ringan futbolchilaridan biriga aylandi. Uning hisobida 402 ta o‘yin, 131 ta gol va 79 ta golli uzatma bor.