
"Manchester Siti" va "Ayntraxt" kelisha olmayapti
"Manchester Siti" ushbu qishki transferlar oynasida Abduqodir Husanovdan tashqari yana bir nechta xaridlarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Shulardan biri "Ayntraxt" a’zosi Omar Marmushdir.
Tez orada "shaharliklar" strayker uchun yangi taklif bilan chiqadi, lekin bu ham Germaniya klubi uchun kamlik qilmoqda, deya xabar beryapti Fabritsio Romano. Mish-mishlarga ko‘ra, "Ayntraxt" rahbariyati ushbu transferdan 67 million funt sterling ishlab olmoqchi, "Siti" taklif qilayotgan summa esa 59 million funt sterlingdir.
Marmush ayni paytda "top-5" chempionatida eng ko‘p golda ishtirok etgan Muhammad Salohdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. U 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 12 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar