
"Manchester Siti" katta yo‘qotishga uchradi
"Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash mushaklaridagi jarohati tufayli bir oy maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Zak Louining xabar berishicha, Portugaliya terma jamoasi a’zosi JCh-2022 1/8 finali doirasidagi Shveytsariyaga qarshi o‘yinda (6:1) jarohat olgan edi. Biroq to‘liq formada bo‘lmay turib ham Ruben Qatardagi turnirning chorak finalida Marokash bilan (0:1) butun o‘yinda to‘liq harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" APL doirasidagi navbatdagi bahsni 29 dekabr sanasida "Lids"ga qarshi o‘tkazadi. Kecha esa jamoa Liga kubogida "Liverpul"ga qarshi maydonga tushdi va irodali g‘alabaga erishdi.
Fikrlar