Manba: PSJ Husanovga jiddiy qiziqish bildirmoqda

  • 26 noyabr, 2024, 16:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lans"da harakat qilayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ko‘plab jamoalarning e’tiboriga tushgan. Futbolchini bir nechta top klublar ham kuzatib bormoqda va ular orasida PSJ favorit bo‘lib turibdi. 

Tecno

"Foot Mercato" nashri xabar berishicha, parijliklarning transferlar ishi bilan shug‘ullanadigan Luish Kampushning shahsan o‘zi Husanovni jamoasida ko‘rishni istaydi. Mutaxassis himoyachi atrofidagi ba’zi shaxslar bilan uchrashishga ham ulgurdi, deya ma’lum qildi manba. 

"Lans" bu qishda Abduqodirni qo‘yib yuborishni istamaydi. Ayniqsa uning so‘nggi ikkita uchrashuvda maydonga tusha olmagani lansliklarga qimmatga tushdi, ya’ni klub 2 ta o‘yinda 5 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.

Frantsiya nashriga ko‘ra, Husanovning taxminiy narxi 20 million evroga baholanmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхан Ангор
26/11/2024 20:18
Омад!
Imomali
26/11/2024 20:23
ПСЖ 60милион бермасмикан хусановга
Узимдааа Мендааа
26/11/2024 20:38
Ярмини 30 миллион яхши нарх хозирча кейинчалик барсами реалми сотиб олишига хам озгина имкон колдирайлик