
Manba: Odil Ahmedov boshqa jamoaga o‘tishi mumkin
Xitoyning "Shanxay SIPG" klubida faoliyat yuritayotgan Odil Ahmedov boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
- "Al Duhayl" klubiga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, Qatar chempionati peshqadami O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov bilan shartnoma imzolashi mumkin. Shu bilan birga "Shanxay SIPG" hamyurtimizni qo‘yib yubormoqchi emas.
Qatarda transfer oynasi 2 avgust kuni ochiladi. Ammo yangi futbolchilar 29 avgust kuni yakunlanadigan chempionatda qatnasha olmaydi, - deya xabar berdi Nikimbaev.
Fikrlar