Manba: Obameyang London grandiga o‘tishga yaqin turibdi

  • 25 avgust, 2022, 17:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Per-Emerik Obameyang ayni damda aeroportda. Jurnalist Jerar Romeroning ma’lumotlariga ko‘ra, gabonlik futbolchi "Chelsi" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Obameyang Tomas Tuxel jamoasi safiga qo‘shilish uchun Londonga uchib ketishga hozirlik ko‘rmoqda. Transfer summasi hozircha nomalum, biroq avvalroq bu 23-30 million evro atrofida bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Obameyang avvalroq Londonning boshqa bir klubi - "Arsenal"da o‘ynagan va shu yilning yanvar oyi oxirida jamoani erkin agent sifatida tark etgandi. Hujumchi "Chelsi"da sobiq ustozi Tomas Tuxel bilan birga ishlamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!