Manba: Maguayr "Liverpul"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda tushmaydi

  • 22 avgust, 2022, 17:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr bugun "Liverpul"ga qarshi APL o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar berdi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, bugun bosh murabbiy ten Xag "qizil iblislar" himoyasida Martines - Varan juftligidan foydalanadi. U bu borada qat’iy qarorga kelgani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Maguayrga "Chelsi"dan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar chiqqandi. Hozircha uning jamoadan ketishi haqida aniq xabar yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!