
Mana shular aybdor! “Barsa”ning sharmandali mag‘lubiyatiga sababchilar nomi aytildi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yana birinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini qo‘ldan chiqardi. La Liganing sakkizinchi turida “Sevilya” o‘z maydonida kataloniyaliklarni yanchib tashladi – 4:1.
Ekspertlar Xans-Diter Flik jamoasini qaysi o‘yinchilar sharmanda qilganini tahlil qilib berdi.
JERAR MARTIN – Evropa Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvda omadsizlikka yuz tutgan bu o‘yinchi La Ligada ham uyalib qoldi. Qanotda o‘ynagan bu futbolchi himoyalanishni ham, hujumga qo‘shilishni ham uddalay olmadi. Yoshi o‘tib qolganiga qaramay, Aleksis Sanches Jerardan osonlikcha o‘tib ketdi.
RONALЬD ARAUXO – Bu futbolchi ham Jerar Martin singari bir bo‘lim to‘p tepdi. Xans-Diter Flik uni ikkinchi bo‘limda maydonga tushirishni istamadi. Ronald raqib hujumchisi Isaak Romeroning gol urishiga qarshilik qila olmadi. Penalti belgilangan vaziyatda ham urugvaylik himoyachi Romeroga nisbatan qoida buzdi. Bundan tashqari, Arauxo off-sayd tashkil qilishda ikki bor orqada qolib ketdi.
JYuLЬ KUNDE – Bu himoyachi ham juda ko‘p xato qildi. Kunde ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ishonchni oqlay olmadi. “Sevilya” ikkinchi golini aynan Kundening xatosidan keyin uyushtirilgan hujumda kiritdi. Qanotda Vargasga imkoniyatni boy bergan frantsiyalik futbolchi himoya markazida ham to‘qqiz marta to‘p yo‘qotdi.
ROBERT LEVANDOVSKI – Polshalik forvard penaltini aniq bajarganida hisobni 2:2 qilishi va kambekka poydevor yaratishi mumkin edi. Darvozani to‘g‘ri nishonga ololmagan futbolchi jamoa ruhini sindirib qo‘ydi.
Penaltidan tashqari ham Levandovski ko‘p xato qildi. O‘yin davomida atigi oltita aniq pas uzatdi, 11 ta yakkakurashdan faqat uchtasida g‘olib chiqdi, ikkita qulay imkoniyatini barbod qildi, uchta urinishdan birorta zarbasi darvozaga borgani yo‘q.
Fikrlar