
Magomed Ankalaev: "UFC Pereyrani mendan himoya qilmoqda"
Yarim og‘ir vanda UFC jangchisi Magomed Ankalaev promoushenga o‘z etirozlarini bildirdi.
"Aleks Pereyra juda ajoyib jangchi. "Stoyka" da ham ancha kuchli. Ammo menimcha, UFC bizning to‘qnashuvimizni atayin kechiktirmoqda. Promoushen "Poatan" ni mendan himoya qilyapti", - deya rossiyalikning so‘zlarini keltirdi "Sherdog" portali.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 308" turnirida Ankalaev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Aleksandr Rakichni mag‘lub etdi.
Fikrlar