
Mag‘lubiyat og‘ir keldi. Anchelotti "Real" taktikasini o‘zgartirmoqchi
Karlo Anchelotti "Real Madrid" taktikasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, "Qirollik klubi" bosh murabbiyi va uning shtabi kuchli raqiblar bilan bahsda hujum va himoya o‘rtasidagi muvozanatni o‘rnatish uchun tarkibga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Agar bu reja amalga oshirilsa, hujumdagi to‘rt o‘yinchidan qaysi biri zaxira o‘rindig‘ida qolishi hali noma’lum. Anchelotti Rodrigoning himoyaga yordam berish qobiliyatini yuqori baholasa-da, u 24 yoshli braziliyalik hujumchidan asosiy tarkibdagi o‘rnini tortib olishi mumkin.
Bunday holatda esa klub 4-4-2 sxemasi bo‘yicha o‘ynaydi. Natijada Federiko Valverde o‘ngda, Bellingem esa chap qanotda o‘ynaydi. Markazdan esa Kamavinga va Modrich o‘rin olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, madridliklar Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibidan to‘rtta hujumchi maydonga tushdi: Kilian Mbappe, Vinicius Junior, Rodrigo va Jud Bellingem.
Fikrlar