Madridliklar hujum chizig‘iga jahon chempionini olib keladi

  • 18 yanvar, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone faoliyatini MLS chempionatida davom ettirish istagini bildirgan asosiy to‘purari Antuan Grizmannga o‘rinbosar tanladi.

Tecno

Argentinalik mutaxassis Madridga “Roma”da to‘p tepayotgan hamyurti Paulo Dibalani olib kelishni rejalashtirmoqda. Aslida bosh murabbiy bu hujumchini anchadan beri nishonda ushlab turibdi.

Manbalar tarqatayotgan ma’lumotlarga qaraganda, Simeonega Dibalaning katta tajribasi, universalligi, jamoada etakchilik qila olishi, hujum chizig‘ini boshqarishi juda ma’qul kelmoqda.

Madridliklar jamoaning muntazam Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etayotgani va bosh sovrin uchun da’vogar ekani Dibalani klubga kelishida muhim omil bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!