Madridliklar finalni boy berdi
- 19-апрел, 10:41
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Ispaniya kubogi finalida Madriddning “Atletiko” jamoasi “Real Sosyedad” bilan to‘qnash keldi. Uchrashuv Sevillya shahridagi “Olimpiko de Sevillya – La Kartuxa” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Bosh hakam sifatida Xavier Alberola Roxas ishlagan uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 2:2.
“Real Sosyedad” Ander Barranechea va Mikel Oyarsabalning bitta-dan goli evaziga ikki marta hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa-da, madriddliklar Ademola Lukman va Xulian Alvares vaziyatni tenglashtirdi.
G‘olibni aniqlash uchun qo‘shib berilgan ikkita ekstra taymda hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa “Real Sosyedad” futbolchilarining qo‘li baland keldi – 4:3.
Bu g‘alaba “Real Sosyedad” uchun tarixdagi to‘rtinchisi bo‘ldi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q