Luka Modrich A Seriyada beshta ko‘rsatkich bo‘yicha etakchi
- 29-сентябр 2025, 16:27
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
40 yoshli "Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich Italiya chempionatida bir qator statistik ko‘rsatkichlarda peshqadam bo‘lib turibdi.
"Opta Sports"ning ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi quyidagi beshta yo‘nalishda etakchilik qilmoqda:
Aniq uzatmalar soni (300),
Raqib yarim maydonidagi paslar (169),
Chiziqlar orasidan berilgan uzatmalar (46),
To‘pni qaytarib olish holatlari (31),
Raqib pasini to‘sgan holda qaytarib olish (10).
Shuningdek, Modrich A Seriyadagi besh uchrashuvda 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, yulduz futbolchi joriy yozda erkin agent sifatida "Milan"ga o‘tgan edi. Undan oldin 13 mavsumni "Real Madrid" safida o‘tkazgan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q